Uyushmaning yangi hamkori

27 Апрель, 2023

Uyushmaning imtiyozli hamkori – 2GIS kompaniyasini taqdim etamiz

Denisov Bogdan – Direktor.

2GIS — 1999-yildan buyon shaharlar xaritalariga ega elektron spravochniklar chiqaruvchi kartografiya kompaniyasi.

▫️2023-yil mart oyi holatiga 2GIS xarita-spravochniklari 12 ta mamlakatdagi 20,5 mingta aholi punkti (shulardan 790 tasi – shaharlar)ni o‘z ichiga oldi, oylik auditoriya esa 65 million foydalanuvchidan ortdi. Servis har kuni 2,5 mln.dan ziyod qidiruv so‘rovlarini qayta ishlaydi.

▫️2GISning barcha talqinlari, shuningdek ularning yangilanishlari ham, foydalanuvchilar uchun bepul. Kompaniyaning asosiy daromad manbasi – xaritada va spravochnikda reklama joylarini sotish.

▫️Forbes talqiniga ko‘ra, Rossiyaning eng yirik internet-kompaniyalari o‘ntaligiga kiradi.

Hamjamiyatimizga xush kelibsiz!