4-iyunda O‘zbekiston marketing uyushmasi Boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

05 Июнь, 2024

Uyushma boshqaruvi raisi birinchi yarim yildagi faoliyat yakunlari haqida so‘zlab berdi. Diyor Mirzaahmedov qatnashganlarni «Tashkent Digital Marketing Forum 2024» va «MAKON Marketing Forum 2024» yakunlari bilan tanishtirdi, o‘tkazilgan tadbirlarning o‘ziga xosligi, ilk ko‘rgazma, sotuvlar to‘g‘risidagi forum va blogerlarni taqdirlash qanday o‘tganligi haqida aytib berdi.

  • Qo‘mitalar raislari joriy yil oxiriga qadar bajariladigan ishlar rejalarini va maqsadli auditoriyaning asosiy guruhlari bilan o‘zaro munosabat masalalarini muhokama qildilar.
  • Shuningdek, yig‘ilishda Igor Kim (Wunder Digital) va Otabek Sharapov (605 agentligi)ning takliflari va uyushma qo‘mitalari tuzilmasidagi ehtimoliy o‘zgarishlar ko‘rib chiqildi.
  • Joriy yil 12-oktyabrda o‘tadigan oltinchi TAF!24 Toshkent reklama festivaliga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Uyushma eksperti Samir Axmetzyanov (Reformat consulting agency) iste'molchilarning media borasidagi tanlovlari yuzasidan miqdoriy tadqiqotlar yordamida ma'lumotlar olish va ulardan foydalanishdagi yangi imkoniyatlar taqdimotini o‘tkazdi.

Instagram | Facebook | YouTube