O'zbekiston logistika uyushmasi bilan sheriklik va hamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi

19 Октябрь, 2021


O'zbekiston logistika uyushmasi va O'zbekiston marketing uyushmasi o'rtasida sheriklik va hamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi.

Hamkorlik logistika va marketing xizmatlari bozorini rivojlantirish, axborot almashish, qo'shma tadqiqotlar, tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish sohalarida amalga oshiriladi.

Uyushma faoliyati haqida batafsil ma'lumot:

http://adbl.uz
http://logistika.uz

Yaqinda O‘zbekiston logistika uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ko‘magida "O‘zbekiston omborlari va logistika markazlari" raqamli platformasi yaratildi. (www.skladi.uz)

Raqamli platformaning asosiy vazifasi milliy va xorijiy savdo va investitsiya kompaniyalari tomonidan O‘zbekiston ombor va logistika markazlari xizmatlariga bo‘lgan talabning tobora ortib borayotganini qondirishdan iborat.