O‘zbekistonning eng muvaffaqiyatli brendlarini «Yil brendi» mukofoti e'lon qiladi
Brend – bu shunchaki logotip emas. Bu kompaniyaning mashhurligi va obro‘sidir. Millionlab odamlar biladigan va sevadigan brendlar bor. Xaridorlar o‘n yillab sodiq qoladigan brendlar mavjud. Shunga qaramay, har kuni yangi mahalliy va xorijiy kompaniyalar paydo bo‘ladi va o‘zlarini faol reklama qiladi. O‘zbekiston bozorida qaysi brendlar eng muvaffaqiyatli? O‘z iste'molchilarining ishonchi va mehrini qozongan o‘sha yetakchilar kimlar? Bu savollarga «Yil brendi» professional mukofoti yordamida javob berish mumkin.
Bu mahalliy bozorda muvaffaqiyatli ishlayotgan brendlar, marketing jamoalari va ekspertlarini aniqlaydigan, qo‘llab-quvvatlaydigan va rag‘batlantiradigan O‘zbekiston marketing sohasidagi yagona Mukofotdir. Mukofotdan maqsad O‘zbekistondagi tadbirkorlik sohasini, marketing xizmatlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish sanaladi.
Bu yil Mukofot umumiy hisobda beshinchi marta va yangi formatda birinchi bor o‘tkaziladi. Agar oldingi to‘rtta «Yil brendi» mukofotlarida qatnashuvchi brendlarni tashkilotchilar, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing uyushmasi tanlagan bo‘lsa, bu yil Mukofotda qatnashish brendlarning o‘zlarining arizalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
«Biz nominatsiyalar ro‘yxatini o‘zgartirdik va faoliyat turidan qat'i nazar, har bir brendda Mukofotda qatnashishga ariza taqdim etish imkoniyati bo‘lishini ta'minladik,- deydi O‘zbekiston Marketing uyushmasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov.- Ariza 2021- yildagi brendning muvaffaqiyatlari haqidagi qisqacha taqdimot ko‘rinishida qabul qilinadi. Arizalarni qabul qilish 1-aprelgacha davom etadi. Reglament marketing.uz saytimizda e'lon qilingan, u bilan tanishib chiqib, Mukofotda qatnashish mumkin”.
Mukofot 25 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi va kompaniyalarga bozordagi o‘z maqomlarini mustahkamlash hamda mijozlar va hamkorlar sadoqatini oshirish imkoniyatni beradi. Zero «Yil brendi» mukofoti – bu, birinchi navbatda, Telegram-botdagi iste'molchilar xalqona ochiq ovoz berishidir, 2021-yilda unda 300 000 kishi qatnashgandi. Bugungi kunda bu ovoz berish iste'molchilik sadoqatini marketing tatqiq qilishning eng keng ko‘lamli tarmoq vositasi sanaladi. Parallel ravishda Uyushmaning 200 dan ziyod ekspertlari va hamkorlarining ovoz berishi o‘tkaziladi. Mukofotdagi g‘alaba – bu brendning professionallar tomonidan yuqori baholanishidir, bu baho biznes-hamjamiyatda hurmat uyg‘otadi va iste'molchilar ishonchini oshiradi.
O‘tgan yili turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan bir nechta brendlarni sanab o‘tamiz: Express 24, Rozmetov, Safia café&bakery, Чайкоф, ISHONCH do’konlar tarmoq’i, Texnomart, Apelsin, Everest Education, Beeline, Sarkor Telecom, AKFA Medline, Murad Buildings, korzinka, HAVAS. Bu haqiqatan ham mamlakatimizda ko'pchilik tomonidan yaxshi tanilgan va sevilgan brendlar.
Brendlar uchun Mukofotda qatnashishdan foyda nimada?
Mukofotning barcha ishtirokchilari o‘z marketing yutuqlarini keng omma oldida namoyish etish va iste'molchilar hamda ekspertlar auditoriyasini 2021-yildagi biznes-muvaffaqiyatlari bilan tanishtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Mukofot g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing uyushmasidan iste'molchilar va ekspertlar e'tirofiga ko‘ra «2021- yil brendi» maqomini qo‘lga kiritadilar, undan reklamada va OAVda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Va eng muhimi, Mukofotda qatnashib, brend marketing mutaxassislarining xizmatlari va faoliyat natijalarini e'tirof etishga va barcha biznes-jarayonlar uchun marketingning ahamiyatini ommalashtirishga katta hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, Mukofotdagi g‘alaba – bu kompaniya uchun qo‘shimcha axborot sababi va PR sanaladi.
Shuni ham aytish muhimki, «2021-yil brendi» mukofotining natijalari O‘zbekiston marketing uyushmasining talqiniga ko‘ra Brendlar va agentliklar marketing samaradorligi har yilgi reytingiga kiritiladi.
An'anaga ko‘ra, g‘oliblar 21-mayda MAKON Marketing forum 2022 IV xalqaro marketing biznes-forumida e'lon qilinadi.