TAF!22 to‘rtinchi Toshkent reklama festivali tanlovga ishlarni qabul qiladi
TAF! eng yaxshi reklama tanloviga ishlar 5 sentyabrga qadar qabul qilinadi.
TAF! Toshkent reklama festivali – bu O‘zbekiston yagona tarmoq reklama voqyeasidir. Ketma-ket to‘rtinchi yil mamlakat brendlari va agentliklari tanlovda qatnashish va iste'molchilar hamda xalqaro professionallar hay'atiga samarali kommunikatsiya borasidagi o‘z yutuqlarini namoyish etish, xalqaro reklama konferensiyasi ma'ruzachilarini tinglash hamda o‘z ishlariga baho olish imkoniga ega bo‘ladilar.
Festival dasturida: TAF!22 eng yaxshi reklama tanlovi, to‘rtinchi xalqaro reklama konferensiyasi, ABC-shou – jahonning eng yaxshi reklamalari kolleksiyasi, tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi, mahorat saboqlari va vorkshoplar.
TAF!22 eng yaxshi reklama tanloviga ishlarni taqdim qilish 2022-yil 1-iyuldan boshlandi. Tanlovda 2021-2022 yillardagi muvaffaqiyatli reklama loyihalari 12 ta nominatsiya bo‘yicha qatnashishi mumkin. Eng avvalo reklama kampaniyalarining samaradorligi baholanadi. Tanlovda qatnashish brendlar, shuningdek marketing xizmatlari ko‘rsatuvchi agentliklar ishlarining natijalarini ko‘rsatish va xalqaro ekspertlar hay'atining bahosini olish imkonini beradi. G‘oliblarni O‘zbekistondagi yetakchi kompaniyalarning 61 nafar vakilidan iborat tanlov ekspertlar hay'ati hamda nufuzli xalqaro hay'at saralaydi. Parallel ravishda, an'anaga ko‘ra, tafuzbot Telegram-botida iste'molchilarning ochiq ovoz berishi o‘tadi, unda o‘tgan yil 40 mingdan ziyod kishi qatnashgan.
Diyor Mirzaahmedov, TAF!22 festivali tashkilotchisi:
“Toshkent reklama festivali – bu mudom rivojlanib borayotgan loyiha. Biz har yili festivalga biror foydali yangilik kiritishga intilamiz. Bu yil, masalan, yana ikkita tanlov nominatsiyasini qo‘shdik: brending va digital. Agentliklar iltimosiga ko‘ra, xalqaro hay'at formatini qaytardik, u festival arafasida 12 ta nominatsiyada faxrli platina sovrinlari sohiblarini aniqlaydi. Marketing agentliklari taklif etgan yana bir format – 21-oktabrda reklama loyihalari qanday yaratilishi haqida bilishni istagan barcha uchun mahorat saboqlarini o‘z ichiga olgan ochiq eshiklar kunini o‘tkazish.
Eslatib o‘taman, tanlov ishtirokchilarining barcha yutuqlari O‘zbekiston marketing uyushmasining Brendlar va agentliklar marketing samaradorligi reytingiga kiritiladi. O‘tgan yil tanlovda 117 ta brend va agentlikning 207 ta loyihasi qatnashgandi. Barchani eng yaxshi brendlar va agentliklarni birlashtiruvchi tanlovda qatnashishga taklif etaman!”
TAF! missiyasi – bu brendlarni rivojlantirish, marketing va reklama sohasidagi mutaxassislarni birlashtirish va o‘qitishdir. G‘oyalarni, brendlarning iste'molchilar bilan kommunikatsiyasi samaradorligini qiyoslash va baholashdan cho‘chimaslik, eng yaxshi loyihalarni tanlash va hali sovringa sazovor bo‘lmaganlarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdir.
Tanlovda istalgan brend yoki agentlik quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha qatnashishi mumkin:
1. New. Yangi mahsulot yoki xizmatni joriy qilish
- Branding. Brending
- Rebranding. Rebrending
- Traditions. Milliy qadriyatlardan foydalanilgan kampaniya
- Integrated. Integrayiyalangan kampaniya
- Celebrity. Mashhurlar ishtirokidagi reklama kampaniyasi
- Digital. Digital-kampaniya
- SMM. SMM-kampaniya
- Seasons. Mavsumiy kampaniya
- Community. Komyuniti, hamjamiyat, sadoqatlilik dasturini yaratish
- One channel. Bitta kommunikatsiya kanaliga ega kampaniya
- Social. Ijtimoiy muhim vazifalarni hal qilish
TAF!22 asosiy sanalari:
Ishlarni qabul qilish: 5-sentabrga qadar.
Hay'at va iste'molchilar ovoz berishi: 12-sentabr – 12-oktabr.
Taqdirlash marosimi: 22-oktabr.
Tanlov to‘g‘risida batafsil axborot: https://marketing.uz/tafest-konkurs-2022/
Tashkilotchilar: O‘zbekiston marketing uyushmasi
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi