UZCARD — O‘zbekistonning butun mamlakat bo‘ylab naqdsiz hisob-kitoblarning barqaror faoliyatini ta’minlovchi milliy to‘lov tizimi. Uning infratuzilmasi orqali tovarlar va xizmatlar haqini to‘lash, pul jo‘natmalari va raqamli servislardan foydalanish bilan bog‘liq millionlab amaliyotlar o‘tadi. Bugungi kunda muomalada 23 milliondan ziyod kartalar muomalada mavjud bo‘lib, 257 mingdan ortiq POS-terminal, 114 mingta E-PO va 18 mingta bankomat ishlab turibdi.
UZCARD rivoji to‘lov infratuzilmasining sifati, yechimlarning texnologik mukammalligi va servislarning foydalanuvchilar, biznes hamda hamkorlar uchun hammabopligi ustida uzluksiz ishlashga asoslangan. Kompaniya banklarni, to‘lov tashkilotlarini va biznesni umumiy ekotizimga birlashtirib, raqamli to‘lovlarning barqarorligi, xavfsizligi va qulayligini ta’minlaydi.
2025-yilda UZCARD bozorga qator innovatsion mahsulotlarni, jumladan Tez QR, birlamchi chiqaruvdagi Moment kartalari va UZCARD kartalaridan Qirg‘izistonning “Elkart” kartalariga xalqaro jo‘natmalarni bozorga olib chiqdi. Shuningdek, kompaniya yangi vizual uslub va “Qulay yasha” sloganini taqdim etib, brend maqomini yangilashni yakunladi.