StarLine IICHB – avtomatizatsiya, robotizatsiya, telematika sohalarida ish yurituvchi avtoxavfsizlik bozorining jahon miqyosidagi yetakchisi va uchuvchisiz boshqarish texnologiyalarini tadqiq etish va ishlab chiqish sohasida ilmiy hamjamiyatning faol qatnashchisi.
1988-yildan buyon StarLine Rossiya va jahon aholisi uchun yuqori darajadagi xavfsizlikni ta‘minlab, yengil, yuk va mototransport uchun qo‘riqlash-telematik jihozlar yaratmoqda.
Bugungi kunda butun dunyodagi 22 700 000 dan ziyod avtosohiblar o‘z transport vositalarini o‘zlari qo‘ygan joydan topishlariga ishonchlari komil.
Kompaniyaning asosiy ishlab chiqarish quvvatlari Leningrad viloyati (Rossiya)da joylashgan. To‘liq sikldagi kompleks ishlab chiqarish sutkasiga 36 000 000 gacha elektron komponent, soatiga 10 000 donagacha plastmassa buyumlari, sutkasiga 10 000 gacha kabel yig‘malari umumiy qurilma unumdorligiga ega. Kompaniya hududida asbob-uskuna ishlab chiqaruvchi o‘z sexi joylashgan, unda yuqori aniqlikda quyish uchun sifatli press-qoliplar tayyorlanadi.
Maksimal avtomatizatsiya va eng yangi texnologiyalarni qo‘llash tayyorlashning har bir bosqichida mahsulot sifatining 100% nazorat etilishini va unumdorlikning yuksak darajasini ta’minlaydi. Bu kompaniyaga ham o‘z mahsuloti (StarLine qo‘riqlash-telematik jihozlari)ni ishlab chiqarish, ham boshqa korxonalar uchun kontrakt buyurtmalarini bajarish imkonini beradi.
StarLine IICHB o‘z mahsulotining ishonchli sifatini kafolatlaydi. “StarLine” IIChB MCHJ barcha bo‘linmalari va ishlab chiqarishlarining sifat menejmenti tizimi ISO 9001:2015 va GOST R ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sertifikatlangan. 2021-yil natijalariga ko‘ra, kompaniya sifat sohasida Rossiya Federatsiyasi Hukumati mukofotining diplomanti deb e’tirof etilgan.