PDP universiteti zamonaviy IT universitetidir. 2022-yilda tashkil etilgan universitet Britaniyaning Pearson BTEC dasturi va PDP EcoSystemning dasturlash ta'limi sohasidagi 7 yillik tajribasiga asoslanadi.

Universitet talabalari o'z faoliyatini erta boshlaydilar. Ko'pchilik uchinchi kursdayoq ishga qabul qilinadi. Bugungi kunda har 10 talabadan 7 nafari o'qishini IT kompaniyalarida amaliyot bilan birlashtiradi.

PDP universiteti talabalari Yandex, Uzum, Paynet, TBC va boshqa yirik tashkilotlarda ishlaydi.