NEO INSURANCE - bu sug‘urtaga odatiy qarashni o‘zgartiradigan texnologik brend. Kuchli IT-yechimlarini chuqur xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashtirgan holda, kompaniya O‘zbekiston bozorida tezlik, qulaylik va ishonchlilikning yangi standartlarini o‘rnatmoqda.
Kompaniya haqida muhim faktlar:
Moliyaviy barqarorlik: «uzA++» (Ahbor Ratings) va «(uz) AAA-» (S&S Ratings) - eng yuqori to‘lov qobiliyati va ishonchlilik reytinglari. Shuningdek, Moody's xalqaro agentligining ijobiy prognoziga ega xalqaro reyting ko’rsatkichi.
Raqamli standart: Neo Insurance Global Banking & Finance Review talqiniga ko‘ra “O‘zbekistonning eng yaxshi yangi onlayn sug‘urta kompaniyasi” deb topilgan.
Global miqyos: FAIR federatsiyasining to‘laqonli a’zosi, Hindistondagi (Mumbay) rasmiy vakolatxona va 40 dan ortiq xalqaro hamkorlar.
Jahon sifat standartlari: Menejment va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimi ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha sertifikatlangan.
Keng qamrov: Respublika bo‘ylab 50 dan ortiq ofislar, 500 dan ziyod yetakchi klinikalar bilan hamkorlik tarmog‘i va 2 milliondan ortiq mijozlar.
Ishonchli natijalar: So‘nggi ikki yil ichida to‘lab berilgan sug‘urta to’lovlarining umumiy summasi 55 milliard so‘mdan oshadi. Bu minglab ijobiy hal etilgan sug‘urta hodisalari va mijozlar oldida oqlangan ishonchdir.
Asosiy yo‘nalishlarda yetakchilik: Kompaniya avtosug‘urta, tibbiy va sayyohlik sug‘urtasi yo‘nalishlarida bozor yetakchilari qatoriga kiradi.
 Neo Insurance isbotlamoqda: sug‘urta - endi raqamli, tezkor va shaffof!