Anglesey Food 1996-yilda tashkil etilgan va O'zbekiston Respublikasidagi supermarketlar chakana savdo bozorida kashshoflardan biriga aylangan. Dastlab do'konlar Anglesey Food brendi ostida faoliyat yuritgan va "qulaylik do'konlari" hisoblangan. Biroq, keyinchalik, 2005-yilda kompaniyani rebrending qilish to'g'risida qaror qabul qilindi. Bu tarmoqning korzinka.uz brendi ostida rivojlanishining boshlanishi bo'ldi.