CHINNICHI — 2020-yil 2-iyunda tashkil etilgan chinni buyumlari brendi bo‘lib, qisqa vaqt ichida O‘zbekiston bozoridagi yetakchi brendlardan biriga aylandi.

Brend nomi chinni so‘zidan olingan bo‘lib, uning asosiy yo‘nalishi — sifatli chinni idishlar ishlab chiqarish va sotishni ifodalaydi. CHINNICHI B2C, B2B va B2G formatlarida faoliyat yuritib, restoran va mehmonxonalar uchun idishlardan tortib, dekorativ buyumlar hamda bohem shishasigacha bo‘lgan keng assortimentni taklif etadi.

Brendning asosiy missiyasi — har bir oilani sifatli, estetik va hamyonbop chinni buyumlar bilan ta’minlash.

🏆 2025-yilda brend Brand Awards International mukofotining “Yil brendi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi, savdo hajmini ikki baravar oshirdi va Instagram sahifasida 800 mingdan ortiq obunachiga erishdi.

🚀 2026-yilda kompaniya rivojlanishning yangi bosqichini boshlamoqda: Chinnichi Markazi ekotizimini yaratish, milliy va Yevropa uslubidagi yangi mahsulotlar liniyasini taqdim etish hamda onlayn savdolarni to‘liq avtomatlashtirish rejalashtirilgan.