Asl Baraka — Oʻzbekistondagi taniqli goʻsht gastronomiyasi brendlaridan biri boʻlib, barqaror sifat, hamyonboplik va oilaviy qadriyatlarni oʻzida mujassam etadi. Brend qaynatilgan va yarim dudlangan kolbasalar, сосиска, sardelka hamda turli goʻsht delikateslarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlib, kundalik iste’mol uchun keng assortimentni taqdim etadi.
Bugungi kunda Asl Baraka mahsulotlari rivojlangan distribyutorlik tarmogʻi va savdo nuqtalariga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish tizimi orqali Oʻzbekistonning barcha hududlarida mavjud. Brend “Mehr uchun vaqt toping” platformasi orqali iste’molchilar bilan hissiy aloqani mustahkamlab, yaqinlarga e’tibor, gʻamxoʻrlik va ular bilan oʻtkaziladigan vaqtning qadrini eslatadi.
Kompaniya mahsulot assortimentini muntazam kengaytirib, iste’molchilarga zamonaviy bozor talablariga mos yangi ta’m va formatlarni taqdim etmoqda. Asl Baraka xomashyo sifati, mahsulotlarning yangiligi va hamyonbopligiga alohida e’tibor qaratib, xaridorlar ishonchini mustahkamlab kelmoqda hamda Oʻzbekiston goʻsht gastronomiyasi bozoridagi yetakchi brendlardan biri sifatida oʻz mavqeini kuchaytirmoqda.