Miqdoriy ma’lumotlar asosida brendlar qiymatini hisoblab topish noyob xizmatining natijalariga ko‘ra tuziladi. Kompaniyalar, investorlar va strategik rejalashtirish uchun foydali.
O‘zbekiston marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra brendlar qiymati reytingi
Brendlar qiymati reytingi – bu brendlar qiymatini hisoblash natijalarini aks ettiruvchi, Marketing uyushmasi talqini bo‘yicha har yilgi brendlar reytingi. Reyting xalqaro miqyosga ega.
Brend qiymatini hisoblash uslubiyoti.
O‘zbekiston marketing uyushmasi brend indikativ qiymatini hisoblab chiqish uchun o‘zining noyob uslubiyotidan foydalanadi, u bir necha parametrlarni qo‘llashga asoslanadi, jumladan: uzoq muddatli davrga kompaniya tushumi prognozi (yoki banklarda – sof foiz daromadi), royalti stavkasining hisobi, diskontlash stavkasi hisobi, brend atributlarining mavjudligi va boshqa parametrlar. Hisoblab chiqish “Gafurov, Kardash & Partners” (www.gafurovkardash.com) mustaqil investitsiya-konsalting kompaniyasining mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Uslubiyotdagi cheklovlar
Brend qiymati O‘zbekiston marketing uyushmasining brend nomoddiy qiymatining qiyosiy tahlili uchun noyob tavsiyasi sanaladi. Brend qiymatini hisoblab chiqish brend uchun ma’lumot xarakteriga ega va yuqorida keltirilgan Reyting uchun qo‘llanilishi mumkin. Uyushma hisoblab chiqish natijalaridan yuqorida keltirilgandan farqli maqsadlarga ishlatish yuzasidan javobgarlikni zimmasiga olmaydi. Brend qiymatini hisoblab chiqish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq baholash faoliyati sanalmaydi.
Bepul maslahat olish
Kontakt maʼlumotlaringizni qoldiring va bizning maslahatchimiz 24 soat ichida siz bilan bogʻlanadi.