- Главная
- Новости
- Новости ассоциации
- 2025-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning TOP-35 marketologlari
25.12.2025
2025-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning TOP-35 marketologlari
O‘zbekiston marketing uyushmasi 2025-yil yakunlariga ko‘ra mamlakatning TOP-35 marketologlari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga O‘zbekistonda marketing, brendlar va biznes-muhit rivojiga salmoqli ta’sir ko‘rsatgan tarmoqning eng yorqin vakillari kirdi.
Ro‘yxat 2025-yilda yuksak professional natijalarni namoyish etgan, keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirgan va marketing hamjamiyatining rivojiga hissa qo‘shgan marketing departamentlari boshliqlari, marketologlar, agentliklar CEOlari, kreativ va strategik yetakchilarni o‘z ichiga oldi.
Saralash mezonlari
Ro‘yxatni shakllantirishda quyidagilar inobatga olindi:
- shaxsiy professional yutuqlar;
- amalga oshirilgan loyihalar ko‘lami va mamlakat rivojiga ta’siri;
- tarmoq rivoji, ta’limiy va ma’rifiy faoliyatdagi hissasi;
- bozorning prorfessional standartlari shakllanishida qatnashish.
O‘zbekistonning 2025-yildagi TOP-35 marketologlari
- Abdullayev Daniyar — CEO, 360 Marketing Agency
- Ahmetzyanov Samir — “Reformat” marketing agentligi boshqaruvchi hamkori
- Beknazarov Kamoliddin — “Gross” sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari- marketing direktori “Hayot Foundation” raisi
- Buriev Aziz — DE FACTO marketing agentligi direktori
- Valishev Shamil — “Uzum Market” monetizatsiya bo‘yicha direktori
- Gapparov Azizjon — “Business Navigator Consulting” boshqaruvchi hamkori
- Jahongirov Ja’far — “UzPost” marketing bo‘limi rahbari
- Kamalova Nargiz — “Lokals” Marketing agentligi boshqaruvchi hamkori
- Kamilov Farxod — CEO “Atom Consulting & Futurum Academy”
- Karimov Malik — Chief marketing officer, “Korzinka”
- Kim Igor — “Wunder” xalqaro raqamli agentligida CEO
- Lopatin Andrey — ERMAK savdo belgisi marketing direktori
- Lutfullayev Aziz — “Division” agentligi boshqaruvchi hamkori
- Majidov Abdulaziz — SQB marketing departamenti direktori
- Mamadaliev Alisher — SAVR, “Kulinar” va “Nishon Group” savdo va marketing bo‘yicha direktori, “Legkoe Retro” brendi muallifi
- Mardoyan Nana — “Ipak Yuli Bank” marketing va PR bo’yicha direktori
- Makhmudov Khurshed — Chief marketing officer “HONOR Uzbekistan”
- Minnullina Yuliya — “Click” marketing direktori
- Muminova Kamilla — “Samsung Uzbekistan” marketing bo‘limi rahbari
- Nizamutdinov Shaxrux — “FCB Artgroup” bosh menejeri va kreativ direktori
- Raimov Akmal — “TBC Uzbekistan” CSR-menejeri
- Rakhmanova Zamira — “Ishonch” kreativ direktori, “Testo” hammuassisi
- Savatyugina Mariya — Chief marketing officer ADM GLOBAL (Roodell LLC)
- Sapunova Anna — “Bellissimo Pizza” marketing bo‘yicha direktori
- Sa’diy Temur — “MA’NO Branding” CEO /dizayn-direktori
- Sa’dulloyev Habibullo — “Proactive” Marketing Agentligi asoschisi va rahbari
- Stroeva Maria — HUMO (“Milliy banklararo prorfessing markazi” AJ) marketing bo‘yicha direktori
- Sultanxodjaeva Nodira — “TBC Uzbekistan” marketing bo‘yicha direktori
- Ten Pyotr — PAYNET AJ marketing bo‘limi boshlig‘i
- Xasanov Timur — “Apex Development” tijorat direktori
- Sharapov Otabek — “605” kreativ agentligi hammuassisi
- Sharif Farrukh — “Синтез” agentligi hamkori va kreativ direktori
- Yusupov Jakhongir — Chief marketing officer “O! Brands” – “Oqtepa Lavash”, “O!Kafe”, “Milly”
- Yusufov Azizbek — “Mirror Management” marketing kommunikatsiyalari agentligi boshqaruvchi hamkori
- Yakubova Shahnoza — “AKFA Medline” reklama va marketing bo‘limi rahbari, “Maestro Marketing” reclama agentligi asoschisi
O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvining raisi Diyor Mirzaahmedov qayd etishicha, “TOP-35 – bu samarali marketing vositalari yordamida biznesni faol rivojlantiruvchi va mamlakatda marketing kelajagini shakllantiruvchi mutaxassislarning hissasini e’tirof etish shaklidir. Jahon amaliyotida Forbes, Top Marketers, Marketing Power List kabi reytinglar va professional ro‘yxatlar bozor uchun mo‘ljal vazifasini bajaradi, tarmoqda shaffoflikni oshiradi va professional yutuqlarni e’tirof etish madaniyatini shakllantiradi”.
Поделиться