Назад

24.04.2026

✨ “O‘zbekistonda islomiy banking: biznes uchun yangi imkoniyatlar” mavzusidagi

“Hayot Bank Qadriyatli” konferensiyasiga taklif etamiz!

🗓 16-may
⏱️ 14:00
📍 Hyatt Regency Tashkent

Islom moliyasi bugun O‘zbekistonda biznes va bank tizimi uchun yangi yo‘nalish va imkoniyatlarni ochmoqda. Ushbu konferensiyada siz ana shu o‘zgarishlarning mazmuni va amaliy ahamiyati bilan yaqindan tanishasiz.

✔️ Tadbirda tartibga soluvchi tashkilotlar, yetakchi banklar, fintex kompaniyalar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etib, sohadagi asosiy tendensiyalar, amaliy yechimlar va istiqbollar yuzasidan fikr almashadilar. 

Dastur doirasida ekspert chiqishlari, real loyihalar tahlili, xalqaro tajriba va O‘zbekistonda islomiy banking rivoji bo‘yicha panel muhokamasi boʻlib oʻtadi. 

Bu — yangi bilimlar olish, ishonchli hamkorlar topish va biznesingiz uchun zamonaviy moliyaviy yechimlarni kashf etish imkoniyati.

🖥 Batafsil: Marketing.uz saytida.

📞 Barcha savollaringizga javob beramiz:
 +998 97 402 28 20

Поделиться

✨ “O‘zbekistonda islomiy banking: biznes uchun yangi imkoniyatlar” mavzusidagi