Toshkent reklama festivalining yangi, oltinchi mavsumi start oldi.
Diyor Mirzaahmedov — Oʻzbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi raisi, TAF!24 tashkilotchisi:
20-iyundan boshlab hayʼat fikriga koʻra TAF!24 tanlovida va isteʼmolchilar fikriga koʻra “2024-yil reklamasi” tanlovida qatnashish uchun arizalar qabul qilmoqdamiz.
Tanlovlarning vazifalari: oʻlchab boʻladigan natijalarga erishishga qaratilgan mahalliy reklama loyihalarini qayd etish va isteʼmolchilar xohishlarini aniqlash.
Bu yil TAF!24 tanlovi bozorning dolzarb trendlarini qamrab oluvchi 16 ta nominatsiyani oʻz ichiga olgan, “2024-yil reklamasi” tanlovida esa, oʻtgan yildagidek, 8 ta nominatsiya mavjud.
Festival dasturida: xalqaro konferensiya, koʻrgazma, Kann festivalining eng yaxshi reklamalari namoyishi va boshqa qiziqarli tadbirlar.
Barcha axborot va qatnashish shartlari – marketing.uz saytida.
Keling, TAF!ni birga oʻtkazamiz!