TAF!24 tanloviga loyihalar qabuli davom etmoqda!

26 Июнь, 2024

TAF!24 festivali — bu brendlar va agentliklarga o‘z faoliyatining yil davomidagi natijalarini xalqaro, ekspert hay'atiga namoyish etish va mamlakatning yagona reklama bayramida qatnashish uchun ajoyib imkoniyatdir!

Brendlar va reklama agentliklarini qatnashishga taklif etamiz.

Loyihalarni marketing.uz saytida qabul qilamiz.

Ekspert va xalqaro hay'at fikriga ko‘ra TAF!24 tanlovi loyihalarni uchta asosiy yo‘nalishda 16 ta nominatsiya bo‘yicha qabul qiladi:
▫️Marketing & Creative effectiveness
▫️Creativity & Craft
▫️Social / ESG

Bu yil qanday yangilik bor?

Biz faqat video-loyihalarni qabul qilamiz, Design va Film nominatsiyalari bundan mustasno.

Tanlovda, Mads xalqaro kreativ maktabi bilan hamkorlikda, yangi Concept nominatsiyasi paydo bo‘ldi. Istalgan reklama va kreativ yo‘nalishlaridagi amalga oshirilmagan loyihani taqdim etish mumkin. Nafaqat agentliklar va brendlar, balki reklama va kreativ sohasidagi mutaxassislar ham qatnasha oladilar.

Agentliklarni TAF!24 tanlovi qatnashchilari uchun video-loyihalarni to‘plash va qadoqlashda hamkorlikka taklif etamiz.

Yozing va qo‘ng‘iroq qiling!
+998974022820

#TAF24