TAF!24 tanlovida qanday nominatsiyalar bo'yicha arizalarni topshirilishi mumkin?
Tanlovda jami 16 ta nominatsiya mavjud. Bugun biz samarali yo'nalish bilan tanishamiz:
Marketing & Creative effectiveness (4ta nominatsiya).
A. Brand launch / Re-launch
Yangi brend, mahsulotni samarali yo‘lga qo‘yish yoki yangilangan brend, mahsulotni qayta yo‘lga qo‘yishga o‘lchab bo‘ladigan hissa qo‘shgan kampaniyalar.
B. PR campaign
PR-faollikdan sotuvlarni rag‘batlantirish, brend obro‘sini shakllantirish, taniqliligini oshirish va brendning boshqa maqsadlari va vazifalarini yaxshilash uchun samarali va o‘ziga xos foydalanish.
C. Influencer campaign
Kommunikatsiyada selebriti va inflyuenserlardan foydalanish. Keyslar brend-ambassadorlar va inflyuenserlarni jalb qilish kampaniya va brend maqsadlari va vazifalariga erishishga qanday yordam berganligini namoyish etishi lozim.
D. Traditions
Milliy madaniyat, an'analardan kampaniya samaradorligini oshirish, marketing maqsadlariga erishish uchun foydalanilgan kampaniyalar.
Reglament va arizalar taqdim etish – TAF!24 tanlovining saytida
Savollaringizni kutamiz:
+998974022820