TAF!24 tanlovida qanday nominatsiyalar bo'yicha arizalarni topshirilishi mumkin?

03 Июль, 2024

Tanlovda jami 16 ta nominatsiya mavjud. Bugun biz samarali yo'nalish bilan tanishamiz:

✔️Creativity & Craft

Jami 10 ta nominatsiya mavjud, biz birinchi 5 tasini taqdim etamiz.

Creative Advertising (omni-channel)

Integrated campaign
Brend messejini samarali yetkazib beruvchi noyob g‘oyaga ega va turli media-kanallar (kamida 3 ta turli tashuvchi)dan nostandart foydalanilgan kampaniya.

Low budget
Kichik yoki nolga teng byudjetda tikilgan mablag‘lardan maksimal natijani namoyish etgan samarali va noyob kampaniyalar.

Creative advertising (one-channel)

Film
Noyob g‘oyaga ega va amalga oshirish sifati yuqori bo‘lgan, turli tashuvchilar – TV, Dijital, tashqi tashuvchilar va boshqalar uchun yaratilgan reklama roliklari.

Out of home
Tashqi reklama tashuvchilarida amalga oshirilgan kreativ ishlar: tashqi reklama, bilbordlar, LeD-ekranlar, do‘konlar peshoynalari, plakatlar va boshq.

Media & Content

Excellence in media (one channel)
Oldinga qo‘yilgan vazifalarga erishish uchun maydon xususiyatlari, auditoriya va insaytlar qiziqishlaridan kelib chiqqan holda eng yaxshi yechimlardan foydalangan kampaniyalar.

Reglament va arizalar taqdim etish – TAF!24 tanlovining saytida

Savollaringizni kutamiz:
+998974022820