Imtiyozli hamkor — «Bi media»

23 Октябрь, 2024

E'tiboringizga yangi imtiyozli hamkor — «Bi media»ni taqdim etamiz

Liliya Bitursunova — Direktor

Ushbu segmentda qariyb 20 yildan buyon ishlaydi hamda o‘zini ishonchli va mas'uliyatli hamkor sifatida namoyon etgan.

«Pika media» reklama agentligi rebrending o‘tkazdi! Reklama agentligining yangi nomi — «Bi media». Yangi logotipda barmoq izlari mavjud.

Nega aynan barmoq izi?
Bu ramz birinchi navbatda noyoblikni bildiradi. Har bir loyiha betakror – xuddi barmoq iziga o‘xshaydi, har bir loyiha – bu vazifaga yangicha yondashuv, yangi nostandart va innovatsion yechimlar.

Agentlik xizmatlari:

  • Outdoor/ Ambient. Tashqi reklamani tayyorlash va joylashtirish. Bilvosita va kreativ reklama.
  • Event. Tadbirlar va biznes-uchrashuvlarni tashkil qilish.
  • Marketing/ Design. Ilgarilatish strategiyalarini ishlab chiqish. Kreativ va jozibali dizaynlar yaratish.

Instagram