E'tiboringizga yangi Premium-hamkor — “TDI Group Central Asia (TDI Group CA)” kompaniyasini taqdim etamiz.

28 Июнь, 2024

Sergey Shima — strategik direktor
Yuliya Davidchik — CEO TDI Group CA

“TDI Group Central Asia” — xalqaro ekspertizaga ega kreativ agentlik

“TDI Group” innovatsion integrator-agentlik bo‘lib, “Wunder TDI” mustaqil agentliklar xoldingiga kiradi. Biz 16 yillik faoliyatimiz davomida 6500 dan ziyod loyihani amalga oshirganimiz bilan faxrlanamiz.

Bugungi kunda “TDI Group” Qozog‘iston, O‘zbekiston bozorlarida muvaffaqiyatli ish yuritib, turli mamlakatlardagi mijozlar uchun kompleks yechimlar taqdim etmoqda.

“TDI Group Central Asia (Toshkent)” — bu tarmog‘imizdagi mintaqaviy xab, u turli sohalardagi mutaxassislarning iqtidori va tajribasini birlashtiradi.

"Bizning bosh afzalligimiz – bu kreativ yaratishga, strategiyalar ishlab chiqishga, brending, dizayn, prodakshen bilan shug‘ullanishga, shuningdek nostandart dijital va oflayn-loyihalarni – hammasini bir darchada amalga oshirishga qodir ekanimizdir!

TDI (Total Digital Integration) — bu shunchaki nom emas, bu ishga yondashuvdir. Biz MEGA, Ashan, Pepsi, Jacobs kabi ko‘plab yirik xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilamiz. Mijozlarimiz bilan ishlashning o‘rtacha davri 7 yilni tashkil qiladi, bu ishimizga bo‘lgan ishonch va undan qoniqishning yuqori darajada ekaniga dalolat qiladi."

Website | Instagram