E'tiboringizga yangi Premium-hamkor — “HarFasl” kompaniyasini taqdim etamiz.

01 Июль, 2024

Abdullo Iminov — Bosh menejer.

“HarFasl” — Yevropada dekorativ o‘simliklarning ekuv materiallari importi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya.

Kompaniya assortimenti juda keng: nihol va ko‘chatlardan yirik o‘lchamdagilargacha.

“HarFasl” mijozlari — bu butun Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istonlik landshaft dizaynerlari va ko‘kalamzorlashtirish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalardir.

Sotuvdan tashqari, o‘tgan yildan buyon “HarFasl” ekuv materialini o‘stirib berish dasturini ham yo‘lga qo‘ydi: 2 gektar yerda keng assortimentdagi dekorativ ko‘chatlar parvarishlanmoqda.

Instagram | Facebook | Telegram