E'tiboringizga yangi Premium-hamkor — “EVOS” kompaniyasini taqdim etamiz.
Do‘smatov Baxrom — marketing bo‘yicha direktor o‘rinbosari
EVOS — kichik kafedan O‘zbekistondagi eng yirik tez xizmat ko‘rsatish restoranlari tarmog‘iga aylangan, unda mehmonlarga taom taqdim etibgina qolinmay, samimiy mehribonlik ham ko‘rsatiladi: sharqona mehmonnavozlik bilan kutib olinadi, qulaylik va g‘amxo‘rlik muhiti yaratiladi, toki har bir mijoz uchun bu yerga qilgan tashrifi kichik bayramga aylanadi.
Brendning nomi «Evolyusiya» so‘zidan kelib chiqqan – shu sabaabli, kompaniya taraqqiyotidagi har bir odim – bu oldinga intilish va hammadan o‘zib ketish uchun tashlangan dadil qadamdir.
Biz O‘zbekistonda tez xizmat ko‘rsatish restoranlari (QSR) industriyasida yetakchimiz. Biz bu segment uchun trendlar yaratamiz va biznesimizning har bir sohasida yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kashshof sanalamiz.