TAF!24 xalqaro reklama konferensiyasinig spikeri

19 Сентябрь, 2024

TAF!24 xalqaro reklama konferensiyasi spikerini taqdim etamiz

12-oktyabr
“Anhor” parki karting markazi

Sabina Reyngold
“Jolbors Festival” Markaziy Osiyo kreativ kommunikatsiyalar festivali va “Pointy” studiyasining asoschisi

Kommunikatsiyalar sohasida – 15 yildan buyon. Markaziy Osiyo, Rossiya, Turkiya bozorlarida ham mijoz, ham agentlik tomonida tajribaga ega. “Beeline-Qirg‘iziston”da PR bilan, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bozorida “Kulikovskiy” qandolat uyi marketingi bilan shug‘ullangan.

2017-yildan agentliklar tomonga o‘tgan va GForce/Grey (Qozog‘iston), Friends Moscow (Rossiya) kreativ agentliklarida ishlagan.
13 yilda Markaziy Osiyo reklama va marketing sohasi mutaxassislarining eng asosiy va eng obro‘li kasbiy voqeasiga aylangan “Jolbors Festival” Markaziy Osiyo kommunikatsiyalar festivalining asoschisi. 2016-yildan “Epica Awards” hay'ati a'zosi.

Ma'ruza mavzusi:
Festivallar kompaniyangiz brendiga qanday ta'sir ko‘rsatadi?


Konferensiyaning barcha spikerlari va ko‘rgazma qatnashchilar – TAF! 24 saytida
Chiptalar – iticket.uz saytida
Chipta narxi – 300 000 so‘m.

Savollaringizga javob beramiz:
+998974022820