Toshkent aeroporti ma'muriyati «Potrebitel.uz» guruhining yo‘lovchi yuklarida muayyan tovarlar tashilishi qoidalari va me'yorlari haqidagi savoliga javob berdi

Toshkent aeroporti ma'muriyati «Potrebitel.uz» guruhining yo‘lovchi yuklarida muayyan tovarlar tashilishi qoidalari va me'yorlari haqidagi savoliga javob berdi, shuningdek xorijiy SIM-kartalarni sotib olish imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.
Me'yorlarga muvofiq, jismoniy shaxslar uchun respublika hududiga bojxona bojlarisiz quyidagilarni olib kirishga ruxsat berilgan:
✔️Alkogol mahsuloti, jumladan pivo – 2 litrdan oshmagan miqdorda;
✔️Barcha turdagi tamaki mahsulotlari – 10 qutidan oshmagan miqdorda;
✔️Atir va pardoz suvi – 3 donadan oshmagan miqdorda;
✔️Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari – 65 gramdan oshmagan miqdorda.
✔️Duty Free do‘konlarida xarid qilingan tovarlarga ham shu qoidalar tatbiq etiladi.
Xorijiy mobil operatorlar SIM-kartalari bir nechta joyda sotiladi:
✔️Uchish terminalida ro‘yxatga olish hududida Rossiya sim-kartalarini tarqatish shoxobchasi mavjud.
✔️Barcha istovchilar ularni mutlaqo bepul olishlari va RF shaharlariga borib qo‘ngandan keyin balanslarini to‘ldirishlari mumkin.
✔️Terminalning «steril» hududida, Art-bozor majmuasida ham «HappyTel» sim-kartalar sotish shoxobchasi joylashgan, u yerda dunyoning 20 dan ziyod mamlakatlari mobil operatorlarining tariflariga ega sim-kartalarni sotib olish mumkin.
✔️B1-B2 va B5-B6 to‘plamalarida. Umumiy qo‘nish zalida uchib kelgan yo‘lovchilar Ucell mobil operatorining sim-kartalarini sotib olishlari mumkin.
✔️Qo‘nish CIP-zalida bir nechta mahalliy mobil operatorlarning sim-kartalarini sotish nuqtasi ishlaydi.