Kredit yoki mikroqarz bo‘yicha foiz stavkalarini belgilashda maksimal chegara mavjudmi?
05 Август, 2024
Qarz beruvchi tomonidan jismoniy shaxslarga ajratiladigan kredit yoki mikroqarz bo‘yicha foiz to‘lovlari hamda boshqa to‘lovlar (asosiy qarz to‘lovlari, shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun qo‘llaniladigan javobgarlik choralari bundan mustasno) yig‘indisi kredit yoki mikroqarzning asosiy qarz qoldig‘iga nisbatan kunlik 0,3 foizdan oshmasligi lozim.
- Shuningdek, kredit yoki mikroqarz bo‘yicha asosiy qarzdan tashqari barcha to‘lovlar, shu jumladan foizlar, vositachilik haqlari, neustoyka (jarima, penya), javobgarlikning boshqa choralari yig‘indisi yiliga qarz miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etishi mumkin emas.
- Kredit yoki mikroqarz bo‘yicha asosiy qarzdan tashqari to‘lanadigan barcha to‘lovlarni hisoblash bo‘yicha misollar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
t.me/uzbekfoyda — Iste'molchilar uchun foydali yangiliklar