“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur holatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda hamda axborot saytlarida elektr energiyasi iste’moli notо‘g‘ri hisoblanayotgani haqida xabarlar e’lon qilindi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur holatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.
"Ayni kunda butun respublikamiz bо‘ylab elektr energiyasi hisobini yuritayotgan “Elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimi ” (ASKUE) tomonidan avtomat ravishda iste’mol qilingan elektr energiyasini har bir iste’molchi bilan hisoblashning sutkalik, oylik va yillik nazoratini olib boradi va buni shaffof ravishda har bir fuqaro kuzatib borish imkoni yaratilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bunday xabarlarnig kelib chiqishining asosiy sababi ayrim tо‘lov tizimlarining “Hududiy elektr tarmoqlar” AJ bilan kelishmagan holda, gо‘yoki iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ma’lumotlar chiqarilganligi sababli kо‘plab iste’molchilarda mana shunday tushunmovchiliklar yuzaga kelgan.
Iste’molchilar tomonidan kunlik iste’mol sifatida kо‘rsatilgan kо‘rsatkichlar aynan 24 soatlik sutkalik iste’mol kо‘rsatkichlari ekanligini ma’lum qilamiz.
Iste’molchilardan elektr energiyasi hisobi kо‘rsatkichlari tо‘g‘risida aniq va tо‘g‘ri ma’lumotlarni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy veb-saytidaga “Shaxsiy kabinet” orqali olishlarini tavsiya qilamiz."