O‘zbekiston marketing Uyushmasining brendlar va agentliklar marketing samaradorligi reytingi va agentliklar kreativligi jamlama reytingi
Marketing samaradorligi reytingi - bu marketing assotsiatsiyasi brendlari va agentliklarining har yili o'tkaziladigan reytingi bo'lib, u o'tgan yili O'zbekistonda marketing sohasidagi eng samarali kompaniyalarning kasbiy yutuqlari natijalarini aks ettiradi va bozorda to'g'ri joylashishni aniqlash va reklama strategiyasini ob'ektiv baholashning yagona umume'tirof etilgan vositasidir.
Marketing samaradorligi reytingining maqsadlari
Reyting eng samarali marketing strategiyalariga oid qarorlar va natijalarni baholash imkonini beradi;
O‘zbekiston hududida sifatli professional xizmatlar buyurtmachilari va yetkazib beruvchilarining shaffof bozorining shakllanishiga xizmat qiladi;
Brendlar va agentliklar tomonidan marketing vositalaridan foydalanish muvaffaqiyatining indikatori sanaladi.
Reyting ishtirokchilari
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini rasman amalga oshiruvchi har qanday brend va agentlik marketing samaradorligi reytingining ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston marketing uyushmasi reyting ishtirokchilari ro‘yxatini mustaqil ravishda, ochiq foydalanishda mavjud ma'lumotlar asosida, shuningdek brendlar va agentliklardan kelib tushgan, ularning O‘zbekiston va chet eldagi professional tanlovlardagi ishtiroki va g‘alabasi haqidagi arizalari bo‘yicha shakllantiradi
Brendlar va agentliklar uchun reytingda qatnashish – bepul.
Brendlar va agentliklar – reyting ishtirokchilari sifatida
Marketing reytingida «brend» atamasi ostida reklama qilinayotgan brendlar sohibi bo‘lgan kompaniyalar nazarda tutiladi.
«Agentliklar» atamasi ostida loyiha ijrochilari (vendorlari) bo‘lgan kompaniyalar ko‘zda tutiladi.
Reytingni shakllantirish
Ro‘yxatdagi har bir professional tanlovga (keyingi slaydga qar.), uning obro‘li va murakkablik darajasiga qarab, koeffitsient beriladi.
Har bir sovrin quyidagi ballar bo‘yicha baholanadi: short-list- 1, bronza – 3, kumush – 5, oltin – 9, gran-pri – 15;
Keyin sovrin uchun ball tanlov koeffitsientiga ko‘paytiriladi. Brend yoki agentlik tomonidan to‘plangan ballar jamlanadi va reyting jadvaliga chiqariladi;
Sovrinli o‘rin egallagan tanlov ishtirokchisiga short-list uchun ball hisoblanmaydi.
Reyting tanlovlari koeffitsienti
- Cannes Lions (Fransiya) 25
- Effie Global 24
- D&AD (Buyuk Britaniya) 20
- Effie Europe 18
- Clio Awards (AQSh) 17
- WARK 16
- Epica Awards (yevropa) 15
- Golden Drum (Sloveniya) 15
- Red Dot (Germaniya) 15
- Penrawards (Belgiya) 12
- Effie Russia (Rossiya) 10
- Ad Stars (Janubiy Koreya) 10
- Spikes Asia (Singapur) 10
- Red Apple (Rossiya) 8
- Ad Black Sea (Gruziya) 6
- White Square (Belorus) 6
- KIAF (Ukraina) 5
- Red Jolbors (Qirg‘iziston) 4
- Mixx Russia (Rossiya) 3
- Silver Mercury (Rossiya) 3
- TAF! (O‘zbekiston) 2
- Yil brendi (O‘zbekiston) 2
- EMBRAS (O'zbekiston) 2
- UMSMM (O'zbekiston) 2