Brendlar qiymati reytingi – bu marketing uyushmasining talqiniga ko‘ra har yilgi brendlar reytingi bo‘lib, unda brendlar qiymatini hisoblash natijalari aks etadi. Reyting xalqaro sanaladi.
Brend qiymatini hisoblash uslubiyoti.
O‘zbekiston marketing uyushmasi brend indikativ qiymatini hisoblash uchun o‘zining noyob uslubiyotidan foydalanadi, u bir necha parametrlar, jumladan uzoq muddatli davrda kompaniya tushumi prognozi (yoki, banklar holatida, sof foizli daromad), royalti stavkasi hisobi, diskontlash stavkasi hisobi, brend atributlarining mavjudligi va boshqa parametrlarni o‘z ichiga oladi. Hisoblashni «Gafurov, Kardash & Partners (www.gafurovkardash.com)» mustaqil investitsion-konsalting kompaniyasi mutaxassislari amalga oshiradi.
Uslubiyot cheklovlari
Brend qiymati O‘zbekiston marketing uyushmasining brend nomoddiy qiymatini qiyosiy tahlil qilish uchun noyob tavsiyasidir. Brend qiymatini hisoblash brendlar uchun ma'lumotnoma xarakteriga ega va yuqorida keltirilgan Reyting uchun ishlatilishi mumkin. Uyushma hisoblash natijalaridan yuqorida keltirilgandan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi. Brend qiymatini hisoblash O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq baholash faoliyati sanalmaydi.
Reytingda qatnashish uchun Telegram orqali ariza topshirish lozim: +99897 402 28 20