University of digital economics and agrotechnologies»ni taqdim etamiz
«UDEA» — Toshkentdagi yangi universitet bo‘lib, 2022-yilda “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki ko‘magida tashkil etilgan.
Universitetning asosiy maqsadi:
Iqtisodiyot, moliya va agrotexnologiya sohalarida xalqaro miqyosdagi mutaxassislarni tayyorlash.
«UDEA»ning o‘ziga xos jihati dunyoning eng yaxshi universitetlari sirasiga kiruvchi Buyuk Britaniyaning Koventri universiteti bilan hamkorlik sanaladi.
«UDEA» talabalari Koventri universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dasturlar bo‘yicha ta'lim olishlari mumkin, bu ularga xalqaro miqyosda tan olingan darajalarga ega bo‘lish imkonini beradi. Universitetda biznes uchun axborot texnologiyalari, buxgalteriya hisobi va moliya, xalqaro moliya va bank ishi, shuningdek chet tili sifatida ingliz tilidan dars berish (TEFL) kabi dasturlar taklif etiladi.
«UDEA»da ta'lim zamonaviy texnologiyalar va amaliy ko‘nikmalarga yo‘naltirilgan, shuningdek talabalarga ikkinchi kursdan boshlab ta'lim trayektoriyasini mustaqil tanlash imkonini yaratadi. Universitet kampusi zamonaviy o‘quv va kompyuter sinflari, kutubxonalar hamda dam olish va sport hududlari bilan jihozlangan.
Shuningdek, «UDEA» ta'limni to‘liq qoplaydigan stipendiyalar, jumladan Koventri universiteti dasturlari uchun «Agrobank»dan 200 ta stipendiya taklif qiladi.