ozonefc

«ozonefc» kompaniyasi mashg‘ulotlar uchun qulay sharoitlar yaratib va fitnes-xizmatlarning to‘liq spektrini taklif etib, imkon qadar ko‘proq odamlarni faol hayot tarziga jalb qilishga intiladi.
Kompaniya 2014-yildan buyon O‘zbekistonda yangi filiallar ochib va innovatsion yondashuvlarni tatbiq etib, fitnes-industriyani faol rivojlantiradi.

Asosiy yutuqlardan biri 2017-yilda ilk kross-funksional hududning va 2015-yilda birinchi saykl-studiyaning ochilishi boʻldi.

Hozirda «ozonefc» ikkita filialga ega bo‘lib, 2000 nafar faol mijozga xizmat ko‘rsatmoqda. Tez orada uchinchi filial ochilishi o‘tkaziladi va yil oxiriga borib “Ozonefc” uchta klubdan iborat tarmoqqa aylanadi.

Biz faol kengaymoqdamiz, yanada ko‘proq odamlarni qamrab olishga va faol hamda sog‘lom turmush tarzini yuritish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga intilamiz.

Bugungi kunda «ozonefc» o‘z mijozlariga keng xizmatlar spektrini: xususiy mashgʻulotlardan va guruhdagi mashqlardan to krossfit va yakkakurashlargacha, shuningdek butkul orom olish va intensiv mashgʻulotlardan keyin tiklanish uchun spa-hududlarini taklif etadi.

Shuningdek, biz bolalar fitnesi yo‘nalishini faol rivojlantiryapmiz va “Taste by ozonefc” restorani orqali sog‘lom ovqatlanishni qo‘llab-quvvatlamoqdamiz, u to‘g‘ri turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash uchun muvozanatlangan ratsionlarni taklif etadi.

Подробнее