Minim | Brand Design
Minim Brand Design kompaniyasi 2019 yil noyabr oyida Lazizxo'ja Sharipov tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda kompaniya brending va qadoqlash dizaynini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi.
Kompaniyaning missiyasi "Made in Uzbekistan" tovar belgisi ostidagi brendlarni raqobatbardosh va jahonga taniqli qilish.
Ayni paytda kompaniyada 10 nafar mutaxassis, jumladan, marketolog, art-direktor, kopirayter, illyustrator-rassom, grafik dizaynerlar, 3D-dizaynerlar, moushn dizaynerlar faoliyat yuritib kelmoqda.
Kompaniyaning asosiy mijozlari farmatsevtika kompaniyalari va oziq-ovqat sanoati korxonalari hisoblanadi.
Bugungi kunda agentlik tobora o'sib bormoqda. O'nlab mijozlar Minim tufayli yangi brendlar bilan xalqaro eksport darajasiga chiqishdi. Jamoaning ishlari muntazam ravishda butun dunyo bo'ylab turli nashrlar, shu jumladan World Brand Design Society (Buyuk Britaniya) va Packaging of the World (AQSh) sahifalarida munosib o'rin egallab kelmoqda.
Batafsil