B.Invest Development

B.Invest Development qurilish brendi(kompaniyasi) ko’chmas mulk bozorida 6 yillik tajribaga ega bo’lib, O’zbekistonning turli hududlarida zamonaviy va mustahkam turar-joy majmualarini bunyod qilib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, kompaniya o’zining 8-loyihasi ustida ish olib bormoqda.

O’zgacha dizayn, zamonaviy yondashuv va har tomonlama qulay infratuzilmaga ega turar-joy majmualarini qurishda “B.Invest Development” jamoasi o’z sohasining mutaxassisi bo’lgan muhandis va quruvchilarni jalb qilib kelmoqda. Xonadonlar ixcham va bardoshliligini ta’minlash maqsadida esa faqat yuqori sifatli xom-ashyo va innovatsion texnologiyalardan foydalaniladi.

Har bir oilaning xafsizligi va qadriyatlarini inobatga olgan holda qurilayotgan ushbu turar-joy majmualari sizning turmush tarzingizni yaxshilash va barcha ehtiyojlaringizni qondirish uchun mo'ljallangan.
Biz har bir inson go‘zal va farovon uyda yashashga loyiq ekanligiga ishonamiz va bu g’oyani ro‘yobga chiqarishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz.

B.Invest Development — Oilamning xafvsizligi va baxti o’z qo’limda!

Batafsil