AVO bank


AVO bank mamlakat moliya sohasida eng yangi texnologiyalarni qo‘llashdagi kashshoflardan biri sanaladi.

Bankning asosiy mahsulotlaridan biri AVO platinum kredit kartasi bo‘lib, u garovlar, sug‘urta va kafolatlarsiz, kundalik xarajatlar uchun 45 kungacha foizsiz davr taklif etadi.

Raqamlashtirish doirasida AVO bank AVO ilovasini ishga tushirdi, uni birinchi uch oyda milliondan ziyod foydalanuvchi yuklab oldi. U moliyani, jumladan flagman mahsulot – mamlakatning istalgan joyidan, sutkaning istalgan vaqtida rasmiylashtirish mumkin bo‘lgan AVO platinum kredit kartasini boshqarish uchun platformaga aylandi.

Raqamlashtirish xavfsizlikka ham salmoqli investitsiya kiritishni talab etadi. AVO bank o‘z tizimlarini zaiflik mavjudligiga muntazam tekshiruvdan o‘tkazadi, tashqi auditorlar bilan hamkorlik qiladi va PCI DSS kabi xalqaro xavfsizlik standartlariga rioya etiladi. Bu mijozlarning shaxsga doir va moliyaviy axborotlarining yuqorida darajadagi himoyasini kafolatlab, AVO bankni zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida yetakchilikka olib chiqadi.

AVO bank IT Park rezidenti bo‘lib, butun mamlakat aholisiga moliyaviy texnologiyalardan foydalanish imkonini berish orqali mamlakat iqtisodiyotining raqamlashuvini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

Подробнее