FCB Artgroup

FCB dunyodagi eng yirik va eng nufuzli reklama agentliklaridan biridir. Bugungi kunda ular Cannes Lions ma'lumotlariga ko'ra dunyodagi eng yaxshi uchta ijodiy tarmoqlar qatoriga kiradi!

Ayni paytda FCB Artgroup 90 mamlakatda 150 dan ortiq ofislariga ega bo'lgan eng yirik global FCB tarmoqlaridan biriga kiradi.
FCB Artgroup tarmog'imizning Turkiya, Eron, Kavkaz va Markaziy Osiyoni qamrab olgan mintaqaviy markazidir.

2019-yil 1-aprel kuni FCB Artgroup Toshkent shahrida o‘zining rasmiy ofisini ochdi.
Kompaniyalarning butun global tarmog'i bir-biri bilan yaqin hamkorlik qiladi. Agentlikning afzalligi shundaki, u doimiy ravishda xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashadi va agentlik umumiy bilim bazasiga ega.FCB (Foote, Cone & Belding) tarixdagi dunyodagi birinchi reklama agentligi bo'lib, uning tarixi hech qachon tugamaydi!

Batafsil