Nextmark — bu kompaniyalarga brend va biznesning barqaror hamda tizimli o‘sishini ta’minlashga yordam beruvchi strategik marketing yo‘nalishidir.
Biz marketing va PR strategiyalarini ishlab chiqish, bozorni o‘rganish, maqsadli auditoriya va raqobatchilarni tahlil qilish, brend pozitsiyalashuvi, kommunikatsiya strategiyasi hamda brendlarni kompleks rivojlantirish yechimlarini yaratish bilan shug‘ullanamiz.
Bizning vazifamiz shunchaki reklama kampaniyasini ishga tushirish emas. Biz bozorni chuqur tahlil qilamiz, brendning eng kuchli jihatini aniqlaymiz va kompaniyaning o‘sishi, ishonchni mustahkamlashi hamda o‘z sohasida barqaror o‘rin egallashiga xizmat qiladigan strategiyani ishlab chiqamiz.

Reklamax — bu brendlarga raqamli muhitda rivojlanish va samarali targ‘ibot olib borishga yordam beruvchi digital yo‘nalishdir.
Kompaniyaning asosiy yo‘nalishi — SMM. Biz ijtimoiy tarmoqlarni yuritish, kontent strategiyasini ishlab chiqish, vizual va video kontent yaratish, reklama kampaniyalarini yo‘lga qo‘yish hamda digital makonda brendning tanilishini oshirish bilan shug‘ullanamiz.
Bizning vazifamiz shunchaki kontent joylashtirish emas. Biz brend va auditoriya o‘rtasida samarali kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yamiz, ishonchni mustahkamlaymiz va ijtimoiy tarmoqlarni biznesni rivojlantirishning samarali vositasiga aylantiramiz.

CityAds — bu brend va kompaniyalar uchun reklama hamkori bo‘lib, marketing byudjetini eng samarali reklama kanallari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi.
Kompaniyaning asosiy yo‘nalishi — tashqi reklama: billboardlar, LED ekranlar, media joylashtirishlar va boshqa offline reklama formatlari. Shuningdek, CityAds reklama byudjeti tizimli ishlashi va maksimal natija berishi uchun mos inflyuenserlarni tanlash hamda qo‘shimcha marketing yo‘nalishlarini tavsiya etishda ham ko‘maklashadi.