“Hints” konsalting riserch-agentligi – bu:
Tadqiqotlar turlari
▫️Bozorni tahlil qilish va baholash
▫️Raqobatchilar tahlili (mahsulot, marketing)
▫️Foydalanuvchilar tahlili (rekrut, chuqurlashtirilgan intervyu, miqdoriy so‘rovlar)
▫️Maxfiy xarid
▫️Ekspertlardan intervyu
▫️Muntazam dayjestlar
Yirik mijozlar – loyihalar jiddiyligining ko‘rsatkichi o‘laroq: Sber, Avito, Tochka, NN, Yandeks, RJD, Pyaterochka, Rostelekom
➖➖➖
NST sifatida asosiy kuchli tomonlar
Mijozlar yoritadigan jihatlardan:
1. Murakkab auditoriya
Masalan, “Sber” bildirishicha, bizning kuchli tomonimiz – murakkab auditoriya bilan ishlash. O‘rta, yirik va o‘ta yirik biznes, murakkab lavozimlar, nostandart geografiya (tadqiqotlarimiz bilan dunyoning barcha asosiy mintaqalarini qamrab olganmiz)
2. Murakkab bozorlar
Murakkab nostandart bozorni hisoblab o‘rgana olamiz. “Solar Staff”ga ko‘ra, boshqa pudrtachilar ularning bozorini hisoblab o‘rganishni rad etganlar. “Yandex SupportGPT” bozorni baholashning nostandart usulini topganimiz uchun minnatdorchilik bildirgan.
3. Kompleks loyihalar
Bozorni hisoblab o‘rganish va raqobatchilarda maxfiy xaridlarni amalga oshirish; intervyu olish hamda foydalanuvchilar o‘rtasida miqdoriy so‘rov o‘tkazish, qolaversa ekspertlar intveryusi uchun mahalliy va xalqaro maydondagi raqobatchilardan ekspertlar topish – bu orqali yetuk mahsulotning o‘sish nuqtalariga kompleks nazar tashlash yoki investitsiya qo‘mitasi uchun yangi loyihani ishlab chiqish.