UzAuto Motors (https://www.uzautomotors.com/) – ham O‘zbekiston bozorida, ham undan tashqarida 🏎 Chevrolet brendini muvaffaqiyatli taqdim etib, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Gruziya, Mo‘g‘uliston va mintaqaning boshqa mamlakatlari bozorini qamrab olgan Markaziy Osiyodagi yetakchi avtoishlab chiqaruvchilardan biri. 

⭐️Kompaniya zamonaviy va ishonchli avtomobillar chiqaribgina qolmay, korporativ ijtimoiy mas'uliyat sohasida ham loyihalarni faol amalga oshirmoqda va, ta'limiy hamda ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlab, hududlar rivojlanishiga ko‘maklashmoqda, jamiyatning barqaror rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Mijozlar ehtiyojlari va jahon tendensiyalariga asoslangan holda, UzAuto Motors BIQ-IV xalqaro standarti bilan tasdiqlangan sifatni innovatsiyalar va qulaylik bilan uyg‘unlashtirgan holda modellar qatorini kengaytirishda va eng talabgir avtomobillarni taklif etishda davom etyapti. 

✔️ Bugungi kunda UzAuto Motors, mijozlarning o‘sib borayotgan kutilmalariga javob berish uchun, zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etmoqda, raqamlashtirishga va jarayonlarning avtomatlashuviga alohida e'tibor bermoqda.