Promo Fox Marketing Agentligi – samarali marketing orqali savdolaringizni oshiramiz!

Biz Trade Marketing va retail sohasida brendlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha professional mutaxassislar jamoasimiz. Maqsadimiz – puxta ishlab chiqilgan strategiyalar va innovatsion yechimlar yordamida savdoni oshirish, xaridorlarni jalb qilish hamda mahsulotingizning bozordagi mavqeini mustahkamlash.

Trade Marketing xizmatlari
Merchandising va savdoni rag‘batlantirish

Sodiqlik (loyalty) dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Mahsulotlarni samarali joylashtirish va brend zonalarini tashkil etish.
Savdo nuqtalarida standartlarga rioya qilinishini nazorat qilish.
BTL tadbirlari va promo-kampaniyalar

Degustatsiyalar, aksiyalar va sampling tadbirlarini tashkil etish.
Professional promouterlar ishtirokida promo-aksiyalarni o‘tkazish.
Rag‘batlantiruvchi lotereyalar, kvestlar va interaktiv mexanikalarni tashkil etish.
Bozor tahlili va audit

Raqobatchilar faoliyati va xaridorlar xulq-atvorini monitoring qilish.
Reklama hamda Trade Marketing tadbirlarining samaradorligini tahlil qilish.
Ma’lumotlarga asoslangan holda promo-strategiyalarni optimallashtirish.
Digital Trade Marketing & Retail Media

Oflayn savdo nuqtalarida savdoni oshirish uchun raqamli vositalarni joriy etish.
Mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali mijozlar bilan o‘zaro aloqani yo‘lga qo‘yish.
Savdo tarmoqlari va marketplace’larda audio reklama hamda videokontentdan samarali foydalanish.