KAMOLON OSH 2017-yildan buyon faoliyat yuritib, mehmonlarga o‘zbek milliy taomlarining asl ta’mini taqdim etib kelmoqda va asrlar davomida shakllangan pazandachilik an’analarini asrab-avaylamoqda.
Bizning maqsadimiz - shunchaki taom tayyorlash emas, balki osh madaniyatini rivojlantirish.
KAMOLON OSH’ning asosiy faxri - klassik hududiy retseptlar asosida tayyorlanadigan 5 xil osh:
• To‘y oshi
• Buxoro oshi
• Samarqand oshi
• Choyxona oshi
• Cho'ng'ara oshi
Biz choyxona oshini portsiya shaklida tayyorlab, sotishni yo‘lga qo‘ygan ilk maskanlardan biri bo‘ldik. Shu orqali uning an’anaviy ta’mi va sifatini saqlagan holda, har bir mehmon uchun buyurtma qilish imkoniyatini yaratdik.
Oshdan tashqari, menyumizda mashhur milliy taomlar ham mavjud:
• Mastava
• Chuchvara
• Ilik sho‘rva
• Dumg‘aza sho‘rva
• Kabob
• Beshbarmoq
• Halim
• Moshkichiri
• Manti
Shuningdek, yangi tayyorlangan salatlar, issiq nonlar, turli ichimliklar va choylarni ham taklif etamiz.
Bugungi kunda KAMOLON OSH Toshkent shahrida 4 ta filial bilan faoliyat yuritmoqda:
• Zulfiyaxonim ko‘chasi, 10A
• Bunyodkor shoh ko‘chasi, 6A
• Kichik halqa yo‘li, 13
• Parkent ko‘chasi, 118
Bizning asosiy tamoyillarimiz - sifat, an’analarga sadoqat va har bir mehmonga hurmat.
Aynan shu qadriyatlar tufayli mehmonlar bizni tanlaydi va boshqalarga tavsiya qiladi.