Hurmo Research — marketing va sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishga ixtisoslashgan kompaniya.

Kompaniya tashkil etilganidan buyon iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvchi mahalliy va xalqaro kompaniyalar uchun sifat va miqdoriy marketing tadqiqotlarini o‘tkazib kelmoqda.

BOZOR TUZILMASI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH

Kompaniya o‘zlashtirishni rejalashtirayotgan bozor va kategoriyalar haqida dastlabki tushunchaga ega bo‘lish, bozorlar dinamikasi va tuzilmasini o‘rganish.

G‘OYALAR, KONSEPSIYALAR, MAHSULOTLAR, NOMLAR, ASSORTIMENT VA NARXLARNI TESTDAN O‘TKAZISH

Mahsulot bozorga chiqarilishidan oldin haqiqiy maqsadli auditoriyadan obyektiv ma’lumotlar olish — g‘oyadan tortib tayyor taklifgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda.

BREND KO‘RSATKICHLARI, BREND SALOMATLIGI VA KORPORATIV REPUTATSIYANI MONITORING QILISH

Brendning holati va qadriyatini baholash marketingni boshqarish tizimining muhim tarkibiy qismidir.

XARIDORLAR XULQ-ATVORINI O‘RGANISH

Ishlab chiqaruvchilar, chakana savdo tarmoqlari va onlayn savdo ishtirokchilari uchun xaridorlarning iste’mol xulq-atvorini o‘rganish.

KOMMUNIKATSIYA, REKLAMA VA POS-MATERIALLARNI TESTDAN O‘TKAZISH

Reklama materiallarini testdan o‘tkazish va reklama kampaniyalari samaradorligini monitoring qilish.