Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) — Toshkent shahrida joylashgan, umumiy maydoni 23 000 m² bo‘lgan ko‘p funksiyali ko‘rgazma markazi. Bu yerda ko‘rgazmalar, konferensiyalar, forumlar, korporativ tadbirlar, festivallar, konsertlar, taqdimotlar hamda davlat miqyosidagi loyihalar o‘tkaziladi.
CAEx — Osiyoga ko‘prik! (Bridge to Asia!)
CAEx ko‘rgazma va biznes tadbirlari uchun barcha imkoniyatlarni bir joyda jamlagan. Bu yerda yirik ko‘rgazmalar tashkil etish, biznes dasturlarini amalga oshirish, B2B uchrashuvlar, konferensiyalar, forumlar, taqdimotlar va madaniy tadbirlarni loyihaning maqsad va vazifalariga muvofiq o‘tkazish mumkin.
CAEx imkoniyatlari:
🔹 23 000 m² maydon — 18 000 m² asosiy ko‘rgazma pavilyoni va 5 000 m² ikki qavatli foye;
🔹 Moslashuvchan format — maydonni har bir tadbirning ko‘lami, formati va maqsadlariga moslashtirish imkoniyati;
🔹 Biznes uchrashuvlari uchun maxsus hududlar — 8 ta alohida muzokara xonasi, jumladan, VIP-zonalar va konferensiya zali;
🔹 Texnik infratuzilma — ko‘rgazmalar, kongresslar, konsertlar, festivallar, taqdimotlar va maxsus loyihalarni o‘tkazish uchun barcha zarur imkoniyatlar;
🔹 Ishtirokchilar va mehmonlar uchun qulayliklar — fudkortlar, press-xona, biznes uchrashuvlari uchun maxsus hududlar hamda 700 dan ortiq avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh, shu jumladan, 15 ta VIP-avtoturargoh joyi;
🔹 Qulay joylashuv — CAEx Toshkentning yangi biznes klasterida, Olimpiya shaharchasi ro‘parasida va «Yangi O‘zbekiston» bog‘i yaqinida joylashgan.
Faoliyati davomida CAEx turli formatdagi tadbirlarni qabul qilib kelmoqda. Ular orasida sohaviy ko‘rgazmalar, konferensiyalar, biznes forumlar, yirik ijtimoiy, madaniy va davlat miqyosidagi loyihalar mavjud. Shuningdek, CAEx sahnasida jahon miqyosidagi mashhur san’atkorlarning konsertlari va chiqishlari ham bo‘lib o‘tadi.
CAEx — insonlar, g‘oyalar va biznesni birlashtiruvchi maskan.