- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Hamkorlar yangiliklari
- DIQQAT, RAQOBAT!
07.02.2024
DIQQAT, RAQOBAT!
15-mart - Jahon iste'molchilar huquqlari kuni munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi "Iste'molchilar huquqlarini ta'minlash bo'yicha eng yaxshi korxona"ni aniqlash uchun tanlov o'tkazmoqda.
Tanlov ishtirokchilari quyidagi sohalarda g'olib bo'lishlari mumkin:
Umumiy ovqatlanish
Chakana savdo
Onlayn savdo
Ishlab chiqarish
Moliyaviy xizmatlar
Telekommunikatsiya xizmatlari
G'oliblar vakolatli iste'molchilar huquqlarini himoya qilish organi tomonidan belgilangan "Iste'molchilar ishonchi" sifat muhrini oladilar.
Tanlov g'oliblari 15-mart - Jahon iste'molchilar huquqlari kuni arafasida e'lon qilinadi va g'oliblarga taqdirlash marosimida sovg'alar topshiriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun 30-yanvardan 15-fevralgacha www.raqobat.gov.uz veb-sayti orqali ro'yxatdan o'ting.
Qo'shimcha ma'lumot: (71) 207-47-00 (321, 266)
Kanalga qo'shiling: https://t.me/RaqobatGovUz
veb-sayt | facebook | telegram | youtube | instagram | twitter