Orqaga

06.01.2024

TBC Uzbekistan oʻzining protsessing markazini ishga tushirdi

TBC Uzbekistan asosiy infratuzilmaga investitsiya kiritadi va o'zining protsessing markazini ishga tushiradi

O'zining protsessing markaziga o'tish TBC o'zining dinamik o'sishini davom ettirib, Markaziy Osiyodagi aholi soni bo'yicha eng yirik mamlakat bo'lgan O'zbekistondagi mavqeini mustahkamlagan sari yangi mahsulot va xizmatlarni ishga tushirishni tezlashtiradi.

Barcha ekotizim ehtiyojlarini qondirish uchun mo'ljallangan yuqori texnologiyali protsessing markazi to'lovlarni qayta ishlashning maksimal samaradorligini ta'minlaydi va yangi mahsulotlarni bozorga chiqarishni tezlashtiradi. Bu TBC Uzbekistanning raqobatbardoshligini oshiradi, bankka chakana mijozlar va kichik va o'rta biznes uchun mahsulot liniyasini tezda kengaytirish va diversifikatsiya qilish imkonini beradi.


Yangi protsessing markazi P2P o'tkazmalari, bank kartalari to'lovlari va QR kod to'lovlari kabi barcha TBC to'lov operatsiyalarini amalga oshiradi. Shuningdek, u TBCga qo'shimcha ma'lumotlarni tahlil qilish imkoniyatlarini taqdim etadi, bu esa kompaniyaga mijozlari va hamkorlarining ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish imkonini beradi. Bu jismoniy shaxslar va kichik va o'rta biznes uchun yangi mahsulotlarni, jumladan, kompleks ekvayring yechimlarini ishlab chiqishga yordam beradi.

Protsessing markazi bankka o'zgarishlarga yanada moslashuvchan javob berishga yordam beradi — masalan, Apple Pay, Google Pay va PayPal xizmatlarini O'zbekistonda joriy etilgandan so'ng darhol ishga tushirish, shuningdek, bozorga boshqa yangi va talab yuqori bo'lgan yechimlarni tezda joriy etish.

Nika Kurdiani, TBC Uzbekistan bosh direktori: “Biz infratuzilmamizga investitsiyalarni kiritishda davom etamiz va o'z protsessing markazimizning ishga tushirilishi bizning ulkan rejalarimizni amalga oshirish yo'lidagi muhim qadamdir. O'z protsessing markazimiz bizga O'zbekistonning istiqbolli va tez rivojlanayotgan bozorida innovatsion moliyaviy mahsulotlarni ishga tushirishni tezlashtirish va miqyoslash imkonini beradi.”

Rus tilida batafsil ma'lumot:
https://tbcbank.uz/ru/news/240/tbc-uzbekistan-investiruet

O'zbek tilida batafsil ma'lumot:
https://tbcbank.uz/uz/news/241/tbc-uzbekistan-sarmoya


Biznesni rivojlantirish kanali

Ulashish