Orqaga

01.02.2024

Yangi Premium hamkorimiz Numa Kids bilan tanishing

Kompaniyaning bosh direktori va hammuassisi Muxammadaminov Zaydullo.

Numa Kids bolalar vitaminlari va ozuqaviy qo'shimchalarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya. Numa Kids O'zbekiston Respublikasida 2020-yilda tashkil etilgan.

Tashkil etilganidan beri Numa Kids farzandlaringizning umumiy salomatligini yaxshilash uchun mahsulotlar ishlab chiqaradi va 6 dan ortiq mahsulotga ega.

Barcha mahsulotlar xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqariladi va nafaqat O'zbekistonda, balki xorijda ham yuqori talabga ega.

Numa Kids mahsulotlari 6 xil toifada mavjud:

Rikki - parazitlarga qarshi mahsulot
Jekky - probiotiklar
Bonny - kaltsiy D3
Funny - multivitaminli kompleks
Genny - omega 3 DHA
Endo marine kids - jonli yod

Bundan tashqari, Numa Kids farzandlaringizning sog'lom o'sishi va rivojlanishi uchun yangi mahsulotlarni taqdim etdi.

Numa Kids tomonidan ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar organik va haloldir. Kompaniya 6 dan ortiq xalqaro sertifikatlarga va o'zining sifat nazoratiga ega.

Ulashish