Orqaga

23.01.2024

VEON AdTech 2024-yilgi Tashkent Digital Marketing Forumining VIP hamkori hisoblanadi.

VEON AdTech — VEON kompaniyalar guruhining bir qismi bo'lib, raqamli va samaradorlik marketingini, shuningdek, o'zining dasturiy platformalarini o'z ichiga olgan zamonaviy reklama texnologiyalarini rivojlantiradi.

VEON AdTech mijozlar va biznes manfaatlari uchun ma'lumotlar bilan samarali ishlash uchun Big Data va sun'iy intellektga asoslangan ilg'or texnologiyalardan foydalanadi. Reklama beruvchilar yuqori maqsadli kampaniyalar yaratish, do'konlardagi mijozlar faolligini yoki tanlangan hududlardagi trafikni tahlil qilish va bozor ehtiyojlarini o'rganish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Natijada savdo hajmi oshadi, reklama byudjetlari optimallashtiriladi va chakana savdo joylarini noto'g'ri tanlash bilan bog'liq yo'qotishlar bartaraf etiladi. Raqamli marketing xizmatlari kichikdan globalgacha bo'lgan barcha o'lchamdagi bizneslarga, shuningdek, davlat sektoriga qaratilgan.

Raqamli texnologiyalarga investitsiya qilishga qaror qilgan kompaniyalar bugun kelajakni qurmoqdalar. Birgalikda biz axborot shovqinisiz dunyo qurmoqdamiz!


Facebook  |  Telegram  |  Twitter  |  LinkedIn  |  YouTube

Ulashish