- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Uyushma yangiliklari
- O‘zbekiston – kuchli brendlar yurti!
04.03.2026
O‘zbekiston – kuchli brendlar yurti!
Keyingi yillarda O‘zbekiston kompaniyalari mahsulotlar, marketing va texnologiyalarni rivojlantirishni faol sarmoyalamoqdalar, yangi bozorlarga chiqmoqdalar va iste’molchilar ishonchini shakllantirmoqdalar. Bugungi kunda aynan brendlar biznesning asosiy aktiviga va kompaniyalar raqobatbardoshligining bosh omillaridan biriga aylanmoqda.
Ammo, kompaniyalar rahbarlarini o‘ylantiradigan savol o‘zgarmay qolmoqda: brend aslida qanchalik kuchli va biznes uchun u qanday real qiymatni yaratadi?
O‘sib borayotgan raqobat muhitida brend shunchaki nom yoki logotip bo‘lib qolmayapti – u kompaniya kelajagini belgilovchi strategik aktivga aylanmoqda. Aynan mana shu sababli bugungi kunda kuchli brendlar nafaqat rivojlanishlari, balki o‘z yutuqlarining professional e’tirofiga ham sazovor bo‘lishlari muhimdir.
2026-yil 16-mayda Hyatt Regency Tashkent’da o‘tadigan IX Brand Awards International xalqaro mukofoti mana shu maqsadlarga bag‘ishlangan. Mukofot brendlarning real yutuqlarini qayd etadi va marketing natijalarini o‘lchab bo‘ladigan biznes-qiymatga aylantiradi.
Bozor yetakchilari qatnashadigan mukofot
Brand Awards International mamlakatdagi yetakchi brendlar e’tirofining an’anaviy maydoniga aylandi. Chunonchi, o‘tgan yilda mukofotda iqtisodiyotning turli tarmoqlaridan 80 dan ziyod brend, jumladan banklar, chakana savdo, oziq-ovqat ishlab chiqarish, texnologiya va xizmat ko‘rsatish sohalarining vakillari qatnashdi.
Mukofot sovrindorlari sirasida mashhur brendlar mavjud: KAPITALBANK, Click, MacCoffee, Musaffo, Octobank, 365 kun, AIKO, Bellissimo Pizza, MKBANK, Chortoq, Coca-Cola, Ermak, Dafna, KFC, Pepsi, paynet va boshqalar.
Ushbu kompaniyalarning qatnashishi Brand Awards International’ning bozor yetakchilari uchun mo‘ljallangan, haqiqatan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiruvchi brendlar jamlanadigan mukofot sifatidagi maqomini tasdiqlaydi.
Brand Awards International — O‘zbekiston marketing uyushmasining eng samarali marketing yutuqlariga ega bo‘lgan muvaffaqiyatli brendlar taqdirlanadigan har yilgi mukofotidir.
Marketing biznes aktiviga aylanganda
Bugungi kunda ko‘plab kompaniyalar bir xil masalalarga to‘qnash keladilar:
- Marketing nechog‘li samarali?
- Qaysi sa’y-harakatlar biznesning haqiqatan o‘sishini ta’minlaydi?
- Investorlar va hamkorlarga brend qiymatini qanday yetkazish mumkin?
- Brend aslida qancha turadi?
Ko‘plab brendlar muvaffaqiyatli rivojlanadilar, lekin ularning yutuqlari qayd etilmay qolib ketadi, brendning real qiymati esa noma’lumligicha qoladi. Natijada brend biznes aktivi emas, shunchaki logotip o‘laroq qabul qilinadi.
Brand Awards International brendni o‘lchab bo‘ladigan biznes-qiymatga aylantirish imkonini beradi.
Mukofotning har bir qatnashchisi quyidagilarga ega bo‘ladi:
- Brand Awards International rasmiy mukofoti;
- brendning 2025-yildagi yutqlarining professional baholanishi va qayd etilishi;
- mukofot maqomidan PR va reklamada foydalanish huquqi;
- O‘zbekiston marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra brendlar qiymati reytingiga kiritilish.
Mukofotda qatnashish – bu sovrinning o‘zi emas. Bu brend kapitaliga investitsiya bo‘lib, u mijozlar va hamkorlar ishonchini kuchaytiradi.
Brend qiymati – biznes yetukligining ko‘rsatkichi sifatida
Mukofotning o‘ziga xosliklaridan biri brend qiymatini kompaniyaning biznes-maqsadlarini inobatga oluvchi professional uslubiyot bo‘yicha hisoblab chiqish imkoniyati sanaladi.
Brend qiymati – biznesning real kuchini aks ettiruvchi va strategik yechimlar qabul qilishda yordam beruvchi ko‘rsatkichdir.
Butun dunyoda yetakchi kompaniyalar muntazam ravishda o‘z brendlarining qiymatlarini chop etib boradilar, chunki ular uzoq muddatli prognozga ega bo‘ladilar va bu biznesning barqarorligini namoyon etib, iste’molchilar tanloviga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov qayd etganidek: “Bugungi kunda nafaqat mahsulotlar, balki brendlar ham o‘zaro raqobat qilmoqda. Kompaniyalar marketing, texnologiyalar va servislarni rivojlantirishga ulkan resurslarni yo‘naltirmoqda va bu investitsiyalar real biznes-qymatga aylanishi lozim. Brand Awards International kompaniyalarga o‘z brendlarining kuchini ko‘rish, yutuqlarni qayd etish va bozorga brend ortida tizimli faoliyat hamda o‘sish strategiyasi turganligini ko‘rsatishda yordam beradi. Aynan kuchli brendlar yangi O‘zbekistonning iqtisodiyotini shakllantiradi”.
Biznes yetakchilarining e’tirofi
Taqdirlash marosimi yetakchi kompaniyalarning rahbarlari uchrashadigan tantanali amaliy banket shaklida o‘tadi.
Brand Awards International biznes yetakchilari, CEO va marketing-direktorlarini – strategik qarorlar qabul qilib, O‘zbekiston brendlarining kelajagini shakllantiruvchilarni jamlaydi.
Brand Awards – brend rasmiy e’tirofga sazovor bo‘lib, biznesning to‘laqonli aktivi va O‘zbekistonning – kuchli brendlar yurtining faxriga aylanadigan maydondir.
Arizalar qabuli boshlandi
Agar brendingiz rivojlanayotgan, o‘sayotgan va bozordagi maqomi mustahkamlanayotgan bo‘lsa, u e’tirofga loyiqdir. Arizalar qabuli 2026-yil 28-martgacha davom etadi.
Tafsilotlar – saytda https://bai26.marketing.uz/uz
Ulashish