Orqaga

03.08.2023

TBC Bank Uzbekistan TAF!23 ning VIP hamkori hisoblanadi

TBC Bank Uzbekistan beshinchi Toshkent reklama festivali TAF!23 ning VIP hamkori

TBC Bank Uzbekistan O'zbekistondagi birinchi raqamli bankdir.
2020-yilda tashkil etilgan TBC Bank Uzbekistan tez sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda, mijozlarga o'zining innovatsion fintech platformasi orqali xizmat ko'rsatmoqda va mobil ilova orqali chakana bank yechimlarini taklif qilmoqda. Bugungi kunda 3 milliondan ortiq ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar o'z moliyaviy mablag'larini uylaridan chiqmasdan boshqaradilar.

"Odamlar hayotini osonlashtirish" - TBC Bankning asosiy tamoyili. Raqamli texnologiyalarni hayotning barcha sohalarida qo'llab-quvvatlash orqali TBC jamoasi navbatlar, ofislar, byurokratiya, murakkab formulalar va uzoq kutishlardan xoli bank qurmoqda.

Bundan tashqari, TBC Bank Uzbekistan jamiyatda hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy tashabbuslarda faol ishtirok etadi: madaniyat va san'at, ekologiya sohasidagi loyihalarni ilgari suradi va O'zbekistondagi yugurish harakatini faol qo'llab-quvvatlaydi.

Telegram | Instagram |Facebook |Linkedin
Youtube | Sayt

Ulashish