- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Uyushma yangiliklari
- Toshkent yana xalqaro kreativ markaziga aylanadi: TAF!26 qatnashchilarni chorlaydi
06.07.2026
Toshkent yana xalqaro kreativ markaziga aylanadi: TAF!26 qatnashchilarni chorlaydi
2026-yil 10-oktyabrda Toshkent yana bir bor butun dunyodan reklama, marketing va kreativ sohalari vakillarini jamlaydi. TAF!26 VIII Toshkent xalqaro reklama festivali O‘zbekistonda yetakchi ekspertlar, brendlar, agentliklar va keyingi yillarning eng yaxshi loyihalarini birlashtiradi.
Tashkent International Advertising Festival TAF!26 — bu xalqaro tanlovgina emas, balki tajriba almashish, industriyani rivojlantirish, yangi amaliy aloqalarni o‘rnatish va 2025—2026-yillarda yaratilgan eng kuchli kreativ yechimlar namoyishi uchun keng ko‘lamli professional maydon hamdir.
Festival tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi.
4-iyundan 2-sentyabrgacha marketing, reklama, brending, PR, digital-kommunikatsiya, dizayn va kreativ sohasiga oid 36 ta nominatsiyani o‘z ichiga olgan TAF!26 xalqaro tanloviga loyihalar qabul qilinadi.
Tanlovning asosiy yo‘nalishlari sirasida:
• Marketing & Creative Effectiveness
• Creativity & Craft
• Branding & Design
• Media Campaigns
• Digital Campaigns
• PR Campaigns
• Social / ESG
• Concept
Qatnashchilar strategik marketing, digital va SMM-kommunikatsiyalar, brending, grafik va mahsulot dizayni, PR, B2B va B2C-kampaniyalar, ESG-loyihalar va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda o‘z loyihalarini taqdim eta oladilar. Yosh ijodkorlar uchun maxsus Concept bloki ko‘zda tutilgan, unda qatnashish bepul.
Dunyoning istalgan mamlakatidan brendlar, reklama, digital, PR va brending agentliklari, prodakshn-studiyalar, media, dizayn-jamoalar, mustaqil mutaxassislar va yosh ijodkorlar qatnashishga taklif etiladi. Festival qatnashchilari geografiyasi yildan-yilga kengaymoqda, tanlov loyihalari esa yagona xalqaro standartlar asosida baholanadi.
TAF!26 tanlovining asosiy tamoyili – “Natija keltiruvchi kreativ”. Bunda yorqin g‘oyalar va amalga oshirish sifatigina emas, balki ularning biznes, jamiyat, brendlar va auditoriyaga ta’siri ham baholanadi. Festival maqsadi – yuksak kreativlik darajasini, strategik tafakkur va kommunikatsiya samaradorligini namoyish etuvchi loyihalarni aniqlash va ilgarilatishdir.
Festivalga an’anaviy ravishda sohaning e’tirof etilgan yetakchilari rahbarlik qiladilar:
• Asxat Uskembayev — Cannes Lions’ning Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondagi rasmiy vakili;
• Temur Sa’diy — “MA’NO Branding” CEO va dizayn-direktori, O‘zbekiston marketing uyushmasi Tanlovlar qo‘mitasining raisi.
Xalqaro hay’at tomonidan tanlov loyihalarining baholanishi ikki bosqichda o‘tadi. Dastlab ekspertlar loyihalarni o‘rganib, tanlov short-listini shakllantiradilar. Hakamlikning ikkinchi bosqichi g‘oliblarni va TAF!26 sovrinlari sohiblarini aniqlaydi.
O‘tgan yilda xalqaro hay’at tarkibiga Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Ispaniya, Vengriya, Singapur, BAA, Rossiya, Polsha, Serbiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari va boshqa davlatlardan 30 dan ziyod ekspertlar kirgan.
Xalqaro hay’at faoliyatiga parallel ravishda mahalliy professional hay’at “Industry Choice” maxsus sovrinlari sohiblarini aniqlaydi, ular tarkibiga O‘zbekistonning TOP-35 yetakchi marketologlari, Marketing uyushmasi hamkorlari, brendlar, agentliklar vakillari va tarmoqning e’tirof etilgan ekspertlari kiradilar.
“Industry Choice” — bu soha tanlovidir. Ushbu sovrin professional hamjamiyat fikrini aks ettiradi va bozorda faoliyat yurituvchi mutaxassislar o‘rtasida eng ko‘p e’tirofga sazovor bo‘lgan loyihalarni aniqlash imkonini beradi. “Industry Choice” sovriniga ega bo‘lish – bu hamkasblar, yetakchi brendlar marketing rahbarlari, agentliklar sohiblari va mamlakatda soha rivojiini kundalik ravishda shakllantirayotgan ekspertlarning yuksak bahosiga sazovor bo‘lish demakdir.
Ishlarni taqdim etishning yakuniy sanasi – 2026-yil 2-sentyabr.
Festivalning rasmiy saytida ariza taqdim etish va tanlov reglamenti bilan tanishish mumkin:
https://taf26.marketing.uz
“Bugungi kunda jahon marketing va reklama xaritasida Markaziy Osiyo tobora yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. TAF!26 turli mamlakatlardan professionallarni birlashtirib, tajriba almashish, yangi hamkorliklar va eng yaxshi ishlar e’tirofi uchun makon yaratadi. Biznes, jamiyat va kommunikatsiyani o‘zgartiradigan loyihalarni birgalikda namoyish etish uchun biz butun dunyodan brendlar, agentliklar va kreatorlarni tanlovda qatnashishga taklif etamiz”,- qayd etadi O‘zbekiston marketing uyushmasi raisi Diyor Mirzaahmedov.
Tanlovda qatnashing, loyihalaringizni taqdim eting, marketing kommunikatsiyalari sohasida yetakchilar safida bo‘ling!
Ulashish