Orqaga

03.06.2026

Marketing League 2026 Grand Final bosqichining strategik hamkori – Ipak Yuli Bank

⭐️ 4-iyunda INHA University in Tashkent’da Grand Final Marketing League 2026 – O‘zbekiston universitetlar o‘rtasidagi yirik marketing ligasi bo‘lib o‘tadi.🚀

Marketing League 2026 Grand Final bosqichining strategik hamkori – Ipak Yuli Bank

✔️ Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’limni rivojlantirish va professional o‘sish uchun sharoit yaratish bank strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda bank mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yosh mutaxassislarni tayyorlash va rivojlantirishga qaratilgan Ipak Generation dasturini amalga oshirmoqda.

Bank tashabbuslari qatoridan ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro She's Next dasturi hamda ekologik ta’lim platformasi Green Generation ham o‘rin olgan.

⚡️ Marketing League 2026 loyihasidagi ishtirok Ipak Yuli Bank'ning yosh iste’dodlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, biznes va ta’lim o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda yangi avlod mutaxassislarini shakllantirishga bo‘lgan intilishini yana bir bor namoyon etadi.

🌐 Ipak Yuli Bank

Ulashish

Marketing League 2026 Grand Final bosqichining strategik hamkori – Ipak Yuli Bank